Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Armaniston-Ozarboyjon çegarasidagi jangovar harakatlarni muhokama qiladi. Bu haqda Reuters öz manbasiga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, ikki mamlakat prezidentlari Samarqand şahrida bölib ötadigan ŞHT sammiti doirasidagi uçraşuvda uşbu masalani muhokama qiladi.
ŞHTning Samarqand sammitida Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Möğuliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston va Armaniston yetakçilari iştirok etişi kutilmoqda.
13 sentabrga ötar keçasi Armaniston Ozarboyjon bilan çegarada harbiy harakatlar boşlaganini ma’lum qildi. Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni artilleriya, minomyot, dron va yirik kalibrli öq otiş qurollaridan foydalanganini bildirdi.
Yerevan e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, mamlakatning Vardenis, Sotk, Artaniş, Işxanasar, Goris va Kapan aholi manzillari Ozarboyjon kuçlari hujumi ostida qolgan.
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyaning sözlariga köra, harbiy töqnaşuvlar davomida 105 nafar arman harbiysi halok bölgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Özbekistondagi muzokaralar çoğida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Ukraina donini eksport qiliş böyiça kelişuvni muhokama qiliş niyatida ekanligi haqida xabar berilgandi.













