Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Google’ning YeIdagi 4,3 mlrd yevrolik jarimaga qarshi shikoyatini rad etdi
Lyuksemburg sudi Yevrokomissiyaning Google’ni monopoliyaga qarshi qoidalarni buzgani uchun jarimaga tortish qarorini tasdiqladi, biroq jarima miqdorini 4,125 milliard yevrogacha kamaytirdi.
Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi Google kompaniyasining monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun kompaniyani jarimaga tortish to‘g‘risidagi 2018 yildagi Yevropa komissiyasi (YeK) qarori ustidan berilgan shikoyatini rad etdi. Biroq, 14 sentabr, chorshanba kuni e’lon qilingan sud qaroriga ko‘ra, jarima miqdori 4,34 milliard yevrodan 4,125 milliard yevroga kamaytirildi.
«Umumiy yurisdiksiya sudi Yevropa komissiyasining Google qidiruv tizimi ustunligini mustahkamlash maqsadida Android mobil qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va mobil aloqa operatorlariga noqonuniy cheklovlar qo‘ygani haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi, - deyiladi Lyuksemburgda joylashgan Yevropa ittifoqi sudi bayonotida. - Huquqbuzarlikning jiddiyligi va davomiyligini yaxshiroq aks ettirish uchun, sud Google kompaniyasiga 4,125 milliard yevro miqdorida jarima solishni maqsadga muvofiq deb hisobladi, chunki uning asoslari Yevropa komissiyasining fikridan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi».
Google sud qaroridan noroziligini bildirdi. «Sud qarorni to‘liq bekor qilmaganidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Android hamma uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratdi, Yevropa va butun dunyoda minglab muvaffaqiyatli kompaniyalarni qo‘llab-quvvatladi», — deyiladi kompaniya bayonotida. Yevropa umumiy yurisdiksiya sudining qarori ustidan Yevropa ittifoqining oliy sudiga – Yevropa sudiga shikoyat qilish mumkin.
Umuman olganda, Yevropa komissiyasi Amerika internet konserniga uchta ayblov qo‘ydi. Avvalo, Google kompaniyasining Android tizimidan foydalanadigan telefonlar ishlab chiqaruvchilari doimo konsern tomonidan ishlab chiqilgan 11 ta dasturlar paketini o‘rnatishi haqidagi talabi tanqid qilindi. Bundan tashqari, Yevrokomissiya korporatsiyaning ishlab chiquvchilar Android asosida o‘z operatsion tizimlarini yaratish huquqiga ega bo‘lmasligi talabini qoraladi. Uchinchi ayblov Google qidiruv tizimidagi reklamadan tushgan daromadni faqat o‘z telefonlari va planshetlarida kompaniya mahsulotlaridan foydalanadigan qurilmalar ishlab chiqaruvchilari bilan bo‘lishishiga bog‘liq.
Android operatsion tizimi dunyodagi eng ommabop hisoblanadi - u smartfonlarning 70 foizdan ortig‘iga va planshet kompyuterlarning taxminan 45 foiziga o‘rnatilgan. Hozirgi jarima, uning kamaytirilishiga qaramay, Yevrokomissiya tomonidan alohida kompaniyaga qo‘ygan eng katta moliyaviy jazo bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
19:55 / 29.05.2026