Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi limonzorlar barpo etish xarajatlari qoplab beriladi
Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasi ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.
Limon yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha:
- limon yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymati 30 foizgacha bo‘lgan qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
- jamg‘arma kengashi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari — loyiha tashabbuskorlariga muqobil energiya qurilmalarini xarid qilish xarajatlari bir qismini qoplash uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qarori agentlik va talabgor o‘rtasida subsidiya ajratish haqidagi shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi va muqobil energiya qurilmalari qiymati 30 foizgacha qismi subsidiya sifatida agentlik tomonidan talabgor arizasida ko‘rsatilgan asosiy bank hisobvarag‘iga bir oy muddatda o‘tkazib beriladi;
- Moliya vazirligi — har yili davlat budjeti asosiy parametrlarini shakllantirishda limon yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilingan muqobil energiya qurilmalari xarajatlari bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni nazarda tutishga hamda belgilangan tartibda agentlikka o‘tkazib berishga mas’uldir.
Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish xarajatlarini qoplash bo‘yicha:
- yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi;
- loyiha tashabbuskorlariga yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar bir qismini qoplab berishga subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasi ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari agentlikka taqdim etilgandan so‘ng bir oy muddatda ajratiladi.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026