Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Putinni yadro qurolidan foydalanmaslikka chaqirdi
Shu bilan birga, Jo Bayden Rossiya yadro qurolidan foydalangan taqdirda AQShning javobi qanday bo‘lishi haqidagi savolga aniq javob aytmadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Vladimir Putinni Ukrainada kimyoviy yoki taktik yadro qurolidan foydalanish fikridan voz kechishga chaqirdi.
"Kerak emas. Kerak emas. Kerak emas. Siz urushning qiyofasini o‘zgartirib yuborasiz", - dedi Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida “Putin ana shunday imkoniyat haqida o‘ylaganda unga nima degan bo‘lardingiz” degan savolga javoban.
Shu bilan birga, Bayden Rossiya shunday yo‘l tutgan taqdirda AQShning javobi qanday bo‘lishi haqidagi savolga aniq javob aytmadi.
"Agar nima bo‘lishini bilganimda sizga aytarmidim? – dedi u jurnalist Skott Pelliga. – Albatta aytmayman. Buning oqibatlari bor".
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Ukrainada kimyoviy yoki taktik yadro qurolini qo‘llaydigan bo‘lsa, "avvalgidan ham battar quvg‘indiga aylanadi".
17 sentabr kuni Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Moskva Ukrainada yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi savoliga "Doktrinani o‘qing. Unda hammasi yozilgan", deb javob qaytardi.
Doktrinada Rossiya yadro qurolidan unga yoki ittifoqchilariga yadro quroli bilan hujum qilingan taqdirda foydalanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026