Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya pasportini olganlik uchun jazo belgilandi
Ukraina hukumati bosib olingan hududlarda Rossiya pasportini olishga majburlaganlik uchun amaldorlarni 15 yilgacha qamashni taklif qildi.
Ukraina hukumati Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida Rossiya pasportini olishga majburlaganlik uchun mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini kelishib oldi. Bu haqda 16 sentabr, juma kuni bosh vazir o‘rinbosari Irina Vereshchuk xabar berdi.
Rossiya pasportini olgan Ukraina davlat xizmatchilari uchun qonun loyihasi 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Ukraina fuqarolarini Rossiya pasportini olishga majburlash uchun 8 yildan 12 yilgacha qamoq muddati beriladi. Xuddi shu muddat - bilvosita majburlash uchun, ya’ni «Rossiya pasportini olmaslik Ukraina fuqarosining huquqlarini pasaytiradigan yoki uni boshqa noqulay ahvolga soladigan sharoitlarni yaratish» uchun beriladi.
«Ushbu yangiliklar dushman pasportiga ega bo‘lgan davlat xizmatchilariga va Rossiya pasportini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita targ‘ib qiluvchilarga qarshi qaratilgan. Qonun loyihasi boshqa shaxslarga taalluqli emas», - deya ta’kidladi Vereshchuk va yangi qonun loyihasi me’yorlari birinchi navbatda «pasportlashtirish tashkilotchilari va ularning yordamchilari, shu jumladan Rossiya fuqarolarini jazolash»ga qaratilganini qo‘shimcha qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari qonun loyihasi qabul qilish zaruratini xalqaro huquqda «Ukraina hududida Rossiyaning noqonuniy pasportlashtirishiga qarshi kurashish bo‘yicha adekvat me’yorlar» yo‘qligi bilan izohladi.
May oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Ukrainaning Xerson va Zaporizka oblastlari aholisini Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tarzda qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jangovar harakatlar boshlanganidan beri mahalliy aholi rossiyalik harbiylar tomonidan Rossiya pasportini olishga majburlangani haqida bir necha bor aytib kelgan.
Iyul oyida Putin Ukrainaning barcha fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi haqidagi yana bir farmonni imzoladi. Rossiya harbiy harakatlaridan oldin bu tartib faqat «DXR» va «LXR» tuzilmalari aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026