Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş terminalidan çiqişda norasmiy taksiçilar yölovçilarning yölini tösib, ularni öz xizmatidan foydalanişga qöpol va madaniyatsiz tarzda undaşi oddiy hol bölib qolgan. Ular şahardagi yölkira narxlaridan bexabar yölovçilardan bir neça barobar köp pul undirişi ham uçrab turadigan holat.
Uzbekistan Airports bu muammoni hal etiş uçun 12 sentabrdan boşlab Toşkent xalqaro aeroportining öz rasmiy taksi xizmatini işga tuşirdi. Lekin undagi narxlar yuqoriligi e’tirozlarga sabab bölyapti.
Aeroport taksisi qançaga tuşadi?
Toşkent aeroporti mijozlariga taksi xizmatini körsatiş uçun “Bobur Diyor” kompaniyasi auksion orqali tanlab olingan. Taksi xizmatidan foydalaniş tartibi quyidagiça:
- yölovçi uçib keliş zalida örnatilgan peştaxta oldiga kelib, manzilini aytadi;
- menejyer tarif böyiça kilometrni hisoblab çiqadi va tölaş uçun summani aytadi;
- agar yölovçi narxga rozi bölsa, tölov qiladi (naqd yoki bank kartasi orqali);
- yölovçiga manzili va tölagan summasi körsatilgan kvitansiya beriladi;
- yölovçi terminaldan çiqib, kvitansiyani körsatgan holda birinçi turgan taksiga ötiradi.

Şuningdek, yölovçi peştaxtadagi menejyerga murojaat qilmasdan, töğridan töğri birinçi turgan maşinaga ötirib, taksi xizmatidan foydalanişi ham mumkin.
Mijozlar uçun “Komfort”, “Biznes”, “Lyuks” va “Premium” tariflari joriy etilgan.

“Komfort” tarifida Nexia-3 avtomobiliga ötiriş minimum 30 ming söm, Cobalt'da 35 ming, Gentra'da 40 ming söm turadi. Bu minimum narx 3 km masofaga eltib qöyişni öz içiga oladi va 4-kilometrdan boşlab bosib ötilgan har 1 km uçun maşina rusumiga qarab 3 ming, 3,5 ming yoki 4 ming söm hisoblanadi.















