Taksi xizmatidan foydalaniş tartibi: yölovçilar uçib keliş zalida örnatilgan peştaxta oldiga kelib, manzilini aytadi. Menejyer tarif böyiça kilometrni hisoblab çiqadi va tölaş uçun summani aytadi. Agar narx yölovçiga töğri kelsa, u tölovni (naqd yoki bank kartasi orqali) amalga oşiradi, manzili va tölangan summasi körsatilgan kvitansiya bilan terminaldan çiqib, birinçi turgan taksiga ötiradi.

Şuningdek, yölovçi peştaxtani çetlab ötgan holda, töğridan töğri birinçi turgan maşinaga ötirib, taksi xizmatlaridan foydalanişi mumkin.

Terminal oldiga kiriş faqat Taxi Airport Tashkent xizmati uçun mumkin böladi. Boşqa barça taksilar, şu jumladan agregatorlar (Yandex, MyTaxi va boşqalar) orqali işlaydigan taksilar avtoturargohlar oldidan yölovçilarni olib ketişi mumkin böladi. Yölovçi öz haydovçisini tezda topişi uçun uzoqdan körinadigan katta belgi örnatiladi, bu taksi va yölovçining uçraşadigan joyi ekanligini körsatadi.

Aeroportda xizmat körsatiş uçun kompaniya «Komfort», «Biznes», «Lyuks» va «Premium» tariflarini joriy qildi.

Mijozlarni birinçi qatorda «Komfort» tarifidagi avtomobillar kutadi. Boşqa tariflardagi avtomobillar ikkinçi qatorda turadi yoki yölovçi iltimosiga binoan xizmat körsatiladi.