Jahon | 19:30 / 21.09.2022
15915
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi Rossiya yadroviy urushda g‘alaba qozona olmasligini aytdi

Stoltenbergning aytishicha, NATO Moskva bilan aloqada bo‘lib turibdi va Rossiyaning harakatlarini kuzatmoqda.

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya yadroviy urushda g‘alaba qozona olmasligini aytdi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan yadro qurolining qo‘llanilishi Rossiya uchun «misli ko‘rilmagan oqibatlar»ga olib keladi.

U NATO Moskva bilan aloqada bo‘lib turgani va Rossiyaning harakatlarini kuzatayotganini aytdi. 

«Hozircha Rossiya yadroviy strategiyasi va uning kuchlari tayyorgarligida biror o‘zgarishni ko‘rmadik», — dedi Stoltenberg. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid