Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Serbiya hukumatlararo komissiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston va Serbiya tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda tashqi siyosat idoralari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Serbiya tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Serbiya savdo-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida tovarlar assortimentini kengaytirish, O‘zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasini tashkil etish va yig‘ilishini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, energetika sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif qilindi.
Investitsiyalarni himoya qilish va rag‘batlantirish, mehnat resurslarini jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik, sertifikatlashtirish, fan va texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator ikki tomonlama bitimlarni imzolash masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Tomonlar hamkorlik istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida turizmni e’tirof etdi. Serbiyalik investorlar O‘zbekistonda yangi turizm infratuzilmasini qurish va mavjud obektlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, madaniyat va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdan O‘zbekiston va Serbiya manfaatdorligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Serbiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Hujjat ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilishini tartibga soladi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026