Jahon | 20:09 / 22.09.2022
10650
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Yevropaga gaz eksportini 40 foizga oshiradi

Ozarboyjondan TAR gaz quvuri orqali Italiya, Gretsiya va Bolgariyaga gaz yetkazib berish 2020 yil 31 dekabrda boshlangandi.

Foto: Anadolu Agency

2022 yilda Ozarboyjondan Yevropaga 11,5 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, bu 2021 yildagiga nisbatan 40 foizga ko‘pdir, dedi Ozarboyjon energetika vaziri Parviz Shohbozov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yilda Ozarboyjondan Yevropaga 16 mlrd kub metrdan ortiq gaz yetkazib berildi. 

«2022 yilda Ozarboyjondan gaz yetkazib berish 40 foizga - 8,2 mlrd kub metrdan 11,5 mlrd kub metrga oshiriladi», - dedi u. 

Ozarboyjondan TAR gaz quvuri orqali Italiya, Gretsiya va Bolgariyaga gaz yetkazib berish 2020 yil 31 dekabrda boshlangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid