Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin
Yevroittifoq Rossiya nefti narxiga cheklov kiritish, Rossiyaga yuqori texnologiya mahsulotlari eksportini cheklashni kuchaytirish hamda alohida shaxslarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni yangi choralar sifatida ko‘rmoqda.
Foto: Reuters
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bu 6-7 oktyabr kunlari Pragada bo‘lib o‘tadigan YeI rahbarlari uchrashuvida muhokama qilinadi.
YeI Rossiya nefti narxiga cheklov kiritish, Rossiyaga yuqori texnologiya mahsulotlari eksportini cheklashni kuchaytirish hamda alohida shaxslarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni yangi choralar sifatida ko‘rmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari BMT Bosh assambleyasi doirasidagi uchrashuvda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlashga kelishib olgan.
Mavzuga oid
15:28
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
12:42