Jahon | 22:12 / 27.09.2022
11668
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovning vakillari Germaniyada unga tegishli ko‘chmas mulklar yo‘qligini ma’lum qildi 

21 sentabr kuni Germaniyadagi Alisher Usmonovga aloqador deb hisoblangan 24ta obektda tintuv o‘tkazilgandi. Shuningdek, qayd etilishicha, rossiyalik milliarder "hech qachon Germaniyaning soliq to‘lovchi rezidenti bo‘lmagan", shu bois unga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashi to‘g‘risida hech qanday savol bo‘lishi mumkin emas.  

Foto: RIA Novosti

Alisher Usmonovning vakillari Germaniyada rossiyalik milliarderga tegishli villalarda tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berishdi.  

Ularning ta’kidlashicha, Germaniyada Usmonovga tegishli ko‘chmas mulklar yo‘q, Bavariyadagi Tegernze ko‘lidagi villa esa oilaviy trastlarga tegishli va "bozor bahosi bo‘yicha" ijaraga olingan. 

Shuningdek, qayd etilishicha, rossiyalik milliarder "hech qachon Germaniyaning soliq to‘lovchi rezidenti bo‘lmagan", shu bois unga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashi to‘g‘risida hech qanday savol bo‘lishi mumkin emas.  

Alisher Usmonovning matbuot xizmati barcha ayblovlarni "asossiz va tuhmat", bu haqda OAVda e’lon qilingan xabarlarni "Rossiyada aktivlari bo‘lgani uchun uni siyosiy ta’qib qilish" deb atagan. 

27 sentabr kuni Frankfurt-Mayn prokuraturasi Germaniya politsiyasi mamlakat shimolida motorli yaxtada tintuv o‘tkazganini ma’lum qildi.

Prokuratura bayonotida yaxtaning nomi ham, uning egasi ham aytilmagan, faqat gap 69 yoshli rossiyalik biznesmen haqida borayotgani bildirilgan. WDR va NDR mediakompaniyalari hamda Süddeutsche Zeitung gazetasining qayd etishicha, gap Usmonovga tegishli Dilbar yaxtasi haqida bormoqda. 

21 sentabr kuni Germaniyadagi Usmonovga aloqador deb hisoblangan 24ta obektda tintuv o‘tkazilgandi.

Federal jinoyat politsiyasi idorasi rahbari Holger Myunx tintuv sanksiyalar rejimini buzish gumonlari bilan bog‘liq holda olib borilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Usmonovning mol-mulki Yevropa sanksiyalariga ko‘ra taqiqlangan daromad olish uchun ishlatilgan.

Shuningdek, rossiyalik milliarder soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ham gumonlanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid