Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Safarbarlikdan qochgan rossiyaliklar AQShdan boshpana so‘rashi mumkin
Safarbarlikdan yashiringan Rossiya fuqarolari AQShdan boshpana so‘rashi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
Foto: exk.kz
«Biz ularning millatidan qat’i nazar, AQShdan boshpana so‘rashi mumkin, deb hisoblaymiz. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi», deya aytib o‘tdi Oq uy matbuot kotibi.
AQSh rasmiylari «boshpana so‘ragan har qanday odamni» kutib oladi, deya qo‘shimcha qildi u. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu - safarbarlikdan qochgan ruslarga boshpana berish uchun maxsus sharoitlar yaratiladi, degani emas.
Bundan oldin Qozog‘iston safarbarlikdan qochganlarni Rossiyaga topshirmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Bu haqda 27 sentabr, seshanba kuni Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov bayonotiga asoslanib, Orda nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qozog‘iston rossiyaliklarni topshirishi mumkin, biroq bu jinoyat sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilganlargagina tegishli bo‘ladi.
O‘z navbatida, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiyada Ukrainaga qarshi urush fonida e’lon qilingan «qisman safarbarlik» tufayli mamlakatga Rossiya fuqarolarining ommaviy ravishda kelayotgani to‘g‘risida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026