Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament sobiq deputati Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 5 yilga qamaldi
Sud qaroriga ko‘ra, 2012 yildan 2014 yilgacha Kovach Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Rossiya manfaatlarini kuchaytirish va Yevropa ittifoqi siyosatini zaiflashtirish bilan shug‘ullangan.
Foto: Index
Vengriya Oliy sudi Yevroparlamentning o‘ng radikal milliy partiyadan sobiq deputati Bela Kovachni Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda 27 sentabr, seshanba kuni Mandiner nashri.
Kovach, shuningdek, budjetdagi firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishda ham aybdor deb topildi. Unga qamoq jazosidan tashqari 10 yil davlat lavozimlarida ishlash ham taqiqlangan. Kovach jazo muddatining uchdan ikki qismini o‘taganidan so‘ng shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘ladi, deb yozadi Mandiner. Kovachning o‘zi sudda ishtirok etmagan va hozir Moskvada.
Ayblovning mohiyati shundan iborat ediki, Kovach 2012 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya maxsus xizmatlari vakillari bilan muntazam uchrashib, ularga energetika masalalari, Yevropa parlamentiga saylovlar va Vengriyadagi ichki siyosiy vaziyat haqida ma’lumot berib turgan. Maqsad - «Yevropa parlamenti tarkibida ochiqdan ochiq yevropaga qarshi lager yaratish, Yevropa hamjamiyatlari institutlarini ichkaridan buzish va Rossiya manfaatlariga ustunlik berish», deya xulosa qildi sud.
Uchrashuvlar chog‘ida Kovach rossiyalik razvedka xodimi bilan «Gazprom», Yevropa ittifoqi sanksiyalari, Ukrainadagi vaziyat va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilgan.
Shu bilan birga, 2020 yilda birinchi instansiya sudi Kovachning faqat ochiq ma’lumotlarga ega ekanligini va uni berish orqali «Rossiya manfaatlariga yordam bergan, ammo Yevropa ittifoqi manfaatlariga zarar yetkazmagan» deb topdi. Apellyatsiya jarayonida hakamlar hay’ati 2014 yilda Kovach Yevropa ittifoqining energiya siyosati haqidagi maxfiy ma’lumotlarni Rossiya razvedkasi bilan o‘rtoqlashganini aniqladi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
11:33 / 13.02.2026