Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar: «Shimoliy oqim»dagi sizib chiqishlar ekologiyaga katta zarar yetkazadi
Mutaxassislarning fikricha, sizib chiqishi deyarli 7,5 million tonna karbonat angidrid ekvivalenti emissiyasiga olib keladi. Bu Germaniyaning yillik CO2 tashlamasining taxminan bir foiziga to‘g‘ri keladi.
«Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlarida sizib chiqish holatlari taxminan 7,5 million tonna karbonat angidrid ekvivalenti emissiyasiga olib keladi, bu Germaniyaning yillik CO2 tashlamasining deyarli bir foiziga to‘g‘ri keladi, deyiladi Atrof-muhit himoyasi bo‘yicha federal idora (Umweltbundschutz - UBA) tomonidan 28 sentabr, chorshanba kuni e’lon qilingan press-relizda.
Hisob-kitoblar ikkala magistralning zichligi va hajmini baholashga asoslanadi. Quvurlarda hech qanday o‘chirish mexanizmlari mavjud emasligi sababli, ular tarkibidagi barcha gazlar atrof-muhitga chiqariladi. Sizib chiqish holatlarining kamida bittasi Daniyada joylashgan, shuning uchun tashlamalarning bir qismi ushbu mamlakat ekologik hisobotida hisobga olinadi.
Agar sizib chiqishlar xalqaro suvlarda bo‘lsa, ulardan yetkazilgan zarar milliy hisobotlarning birortasida ko‘rinmaydi, ammo bu bilan atrof-muhitga yetkazilgan zarar kamaymaydi, deyiladi press-relizda.
Umuman olganda, atmosferaga 0,3 million tonna metan chiqishi taxmin qilinmoqda, bu esa atrof-muhit uchun karbonat angidriddan ko‘ra ancha zararli. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir tonna metan atmosferani yuz yil davomida 25 tonna CO2bilan bir xil darajada isitadi. Shu sababli, «ShO»da gaz sizib chiqishi natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar taxminan 7,5 tonna CO2 ekvivalentida baholanadi.
UBA mutaxassislari quvurlar uzunligi (1250 km), diametri (1,1 m), bosim (100 bar) va 10 daraja harorat kabi omillarni hisobga olgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirdi. «Shimoliy oqim»ning to‘rtta magistralidan uchtasi gaz bilan to‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026