O‘zbekiston | 17:42 / 30.09.2022
2368
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh tashkiloti O‘zbekistonda sud tizimini mustahkamlash bo‘yicha faoliyat dasturini amalga oshiradi

Adliya vazirligi tomonidan “East-west management institute, inc.” nodavlat notijorat tashkilotining (AQSh) O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkilotning asosiy maqsadi – sud tizimini isloh qilish, sudyalarni kasbiy tayyorlash jarayoniga xalqaro standartlarni joriy qilish, sudyalar faoliyatini baholash bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni tadqiq qilishda ko‘maklashish, shuningdek sudyalar va xodimlar uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilishdan iborat.

O‘zbekistonda odil sudlovni amalga oshirish, sudyalarning professionalligi va sud tizimiga jamoatchilik ishonchini mustahkamlash maqsadida tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sud tizimini mustahkamlash bo‘yicha faoliyat dasturi”ni amalga oshiradi.

Tashkilot 2025 yil 31 dekabrga qadar faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid