Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada 50 ming nafar transport xodimlari ish tashlash o‘tkazmoqda
Buyuk Britaniyada maoshlari oshirilishini talab qilayotgan transport xodimlarining oxirgi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlashi o‘tkazilmoqda.
Buyuk Britaniyada transport xodimlarining ish tashlashi oqibatida butun mamlakat bo‘yicha poyezdlarning qariyb 90 foizi to‘xtadi, deb xabar berdi AFP agentligi.
The Guardian gazetasi 1 oktyabr kuni boshlangan ish tashlashni oxirgi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlash deb atadi – unda temiryo‘l, dengiz va boshqa turdagi transport sohasida ishlaydigan 50 ming nafar xodim qatnashmoqda.
Mamlakatda reyslarning 11 foizga yaqini ishlaydi va Londondan Birmingem, Manchester, Edinburg, Liverpul, Nyukasl, Brayton va Norvich kabi yirik shaharlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezdlar bo‘lmaydi. Alohida kasaba uyushmalarining ish tashlashlari 5 oktyabr va 8 oktyabr kunlari qayta o‘tkazilishi kutilmoqda.
Xodimlar oylik maoshlari inflatsiya o‘sishiga muvofiq oshirilishini talab qilishmoqda. Hukumat bilan o‘tkazilgan muzokaralarga qaramasdan, kasaba uyushmalari kelishuvga erisha olmadi, deb yozadi The Financial Times.
Mavzuga oid
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026