Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiya va’dalarini bajarmagunicha ularning NATOga kirish uchun arizalari ma’qullanmasligini aytdi
Hozirda NATOga a’zo 30 davlatdan 28tasi Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni ratifikatsiya qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiya va’dalarini bajarmagunicha ularning NATOga kirish uchun arizalari Turkiya tomonidan ratifikatsiya qilinmasligini aytdi.
«Bizga berilgan va’dalar bajarilmagunicha prinsipial pozitsiyamizni saqlab qolamiz. Qariyb 40 yildan beri terrorizmga qarshi kurashayotgan, o‘n minglab fuqarolari terrorizm qurboni bo‘lgan mamlakat sifatida bu masalada hech kimga yon bermoqchi emasmiz»,— dedi Erdo‘g‘an.
Hozirda NATOga a’zo 30 davlatdan 28tasi Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni ratifikatsiya qildi.
Ratifikatsiya qilmagan ikki mamlakat - Vengriya va Turkiya qoldi.
Avvalroq Turkiya bu mamlakatlarning arizalarini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgandi. Anqaraning ta’kidlashicha, Shvetsiya va Finlandiya Turkiyada terrorchi deb e’lon qilingan Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Anqara Shvetsiyadan tashkilot a’zolarini ekstraditsiya qilishni hamda Turkiyaga qurol sotishga qo‘yilgan embargoni bekor qilishni talab qilgandi.
30 sentabr kuni Shvetsiya qurol eksportini nazorat qilish davlat agentligi (ISP) Turkiyaga qurol eksport qilishga qo‘yilgan embargoni bekor qildi.