Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osloda O‘zbekiston va Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar yakuniy raundi oktabr oyida Osloda bo‘lib o‘tadi.
Tashqi ishlar vazirligida Norvegiya elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) Jon Kvistad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy hamda xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar yakuniy raundini o‘tkazish uchun mamlakat delegatsiyasining oktabr oyida Osloga tashrifini tashkil etish, ikki davlat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundini joriy yil Osloda o‘tkazish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama kun tartibini yangi amaliy chora-tadbirlar bilan to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026