Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston KXShT Rossiya-Ukraina nizosida qatnashmasligini bildirdi
Oybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, KXShTning javobgarlik hududi tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan chegaralari bilan belgilab qo‘yilgan.
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kuchlari Rossiya-Ukraina nizosida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
"Qozog‘iston xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillariga amal qiladi. KXShTning javobgarlik hududi tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan chegaralari bilan belgilab qo‘yilgan va kollektiv xavfsizlik ushbu hududlar chegarasida ta’minlanadi. Shu tarzda, kun tartibida KXShTning Rossiya-Ukraina nizosi hududida ishtirok etishi masalasi yo‘q", - dedi u.
Smadiyarov shuningdek, Qozog‘istonning Ukrainadagi Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida o‘tkazilgan “referendum”lar bo‘yicha pozitsiyasini ham ma’lum qildi.
"Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmadi. Qozog‘iston bu masalada xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillaridan kelib chiqadi. Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasida siyosiy muloqot o‘rnatishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz", - dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
17:43 / 19.06.2026