Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqdagi portlashda zavodning ikki xodimi jarohatlangan, yong‘in o‘chirildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimligi Chirchiqdagi «Maxam Chirchiq» korxonasida yuz bergan yong‘in to‘liq bartaraf etilganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, holat tufayli korxonaning ikki nafar xodimi jarohatlangan. Ular ayni paytda Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham ikki nafar xodim yengil tan jarohati olganini, ular Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olayotganini tasdiqladi. Halok bo‘lganlar yo‘q.
«Hodisaning sabab va oqibatlarini atroflicha baholash mutaxassislar tomonidan alohida tekshiruvni talab qilishi tufayli, keyinroq batafsil axborot beriladi», deyiladi hokimlik xabarida.

Chirchiq shahridagi «Maxam Chirchiq» zavodida seshanba kuni taxminan soat 8:30 larda portlash sodir bo‘ldi. «O‘zkimyosanoat»ning aniqlik kiritishicha, «qisqa portlash» Ammiak-1 ishlab chiqarish sexining sintez bo‘linmasida yuzaga kelgan. Natijada sexning sintez kolonnasida yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari zudlik bilan yetib bordi.
«O‘zkimyosanoat» portlash oqibatida korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagani, atrof-muhitga zararli gazlar tarqalmaganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

07:59 / 16.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil yonib ketdi

15:07 / 15.07.2025
«O‘zbekfilm» binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi (video)

09:35 / 14.07.2025