Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida harbiy samolyot halokatga uchradi, uchuvchi rossiyalik bo‘lgan
Taxminlarga ko‘ra, Su-25 samolyoti qo‘nayotgan vaqtda Mali shimolidagi Gao shahri yaqinida qulagan. Qayd etilishicha, uchuvchi rossiyalik bo‘lgan.
Mali shimolidagi Gao shahri yaqinida Rossiya tomonidan xuntaga topshirilgan samolyot qo‘nayotgan paytda halokatga uchradi, ikki kishi, jumladan bir rus uchuvchisi halok bo‘ldi. Hodisa haqida 4 oktyabr, seshanba kuni AFP va Reuters agentliklari Mali harbiy doiralaridagi anonim manbalarga tayanib xabar berdi.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, aviahalokat oqibatida 10 kishi jabrlangan: ikki tinch aholi vakili va sakkiz nafar Mali qurolli kuchlari a’zosi. Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, samolyot «tinch aholini qo‘llab-quvvatlash missiyasidan» qaytayotgan bo‘lgan.
OAVda halokatga uchragan samolyot turiga oid xabarlar har xil, faqat uning Mali armiyasining «so‘nggi paytda xarid qilgan texnikasi»ga tegishli ekanligi ma’lum, dedi AFP manbasi. Dastlab, bu Chexoslovakiyada ishlab chiqarilgan «Albatros» jangovar o‘quv samolyoti (L-39 turi) ekani, keyin esa Su-25 bo‘lgani haqida xabar berilgan. Ushbu turdagi samolyotlar 2022 yil avgust oyida Moskva tomonidan Maliga topshirilgan transport vositalari orasida bo‘lgan.
2021 yil may oyida Malida harbiy to‘ntarish sodir bo‘lganidan beri, Afrikadagi juda beqaror mamlakat Rossiya va jangchilari mamlakatda «harbiy maslahatchilar» deb ataladigan Vagner guruhi bilan yaqin aloqada bo‘lgan harbiy xunta tomonidan boshqariladi.
Shu bilan birga, Birlashgan millatlar tashkilotining Malidagi tinchlikparvar ko‘p qirrali integratsiyalashgan barqarorlashtirish missiyasi ishi Mali va uning xalqaro hamkorlari o‘rtasidagi keskinlik, mamlakatda ekstremistik guruhlarning faollashuvi bilan bog‘liq holatlar tufayli murakkablashmoqda.
Gao shahri Mali shimolidagi asosiy harbiy bazalardan biri bo‘lib, jangarilarga qarshi kurashda foydalaniladi. Avgust oyida Moskva Afrika davlatiga bir nechta L-39 va Su-25 jangovar samolyotlarini, shuningdek, Mi-24P va Mi-8 jangovar vertolyotlarini, CASA S-29 taktik transport samolyotlarini topshirdi.
Mavzuga oid
19:06 / 07.06.2026
Sahroyi Kabirda yuk mashina buzilib qolib, 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
20:07 / 27.04.2026