Jahon | 08:03 / 06.10.2022
18095
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga o‘tkazish haqidagi farmonni imzoladi

Putin Zaporijjya atom elektr stansiyasini Rossiya tomonidan tortib olish haqidagi farmonni imzoladi. 

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti hukumatga «Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi atom energiyasidan foydalanish obektlarining federal mulkka qabul qilinishini ta’minlash»ni topshirdi

Bundan tashqari, stansiyaning ishlashi uchun «Zaporojskaya AES» Federal davlat unitar korxonasi va «Zaporojye AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot» OAJ tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ni, shuningdek, Xerson va Zaporijjya oblastlarining egallab olingan hududlarini annexia qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagandi.

Davlat Dumasi ushbu qonunlarni 3 oktyabrda qabul qildi, ertasi kuni ular Federatsiyalar kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 30 sentabr kuni Kremlda imzolangan Ukrainaning bosib olingan oblastlarini «Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi shartnomalarni ma’qulladi.

30 sentabr kuni Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR» hamda bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga «kirish to‘g‘risidagi shartnomalari» imzolandi. Ulardan oldin bosib olingan hududlarda psevdoreferendumlar o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid