Rossiya va Ukraina Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) vositaçiligida Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) hududida elektr uzatiş liniyalarini ta’mirlaş uçun vaqtinça öt oçişni töxtatişga kelişdi. Bu haqda AEXA boş direktori Rafael Grossi yakşanba, 28 dekabr kuni ma’lum qildi.

Agentlik xabarida: “Ukrainadagi ZAES yaqinida AEXA vositaçiligida erişilgan navbatdagi mahalliy öt oçişni töxtatişdan söng elektr uzatiş liniyalarida eng muhim ta’mirlaş işlari boşlandi”, deyiladi. AEXA guruhi ta’mirlaş işlarini kuzatib bormoqda, ular bir neça kun davom etişi kutilmoqda.

Şu vaqt içida ZAESning taqsimlaş podstansiyalari bilan Zaporijjya issiqlik elektr stansiyasi örtasida elektr energiyasi uzatilişini tiklaş rejalaştirilgan. AEXA ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida: “boş direktor Grossi har ikki tomonga uşbu yangi vaqtinça ‘sukunat davri’ga rozi bölgani uçun minnatdorlik bildiradi”, deyilgan.

Zaporijjya AES — Yevropadagi eng yirik atom stansiyasi. U 6000 MVt umumiy quvvatga ega bölgan oltita energoblokdan iborat. Stansiya Energodar yaqinida, qurib borayotgan Kaxovka suv omborining janubiy sohilida joylaşgan. Rossiya 2022 yil mart oyida, Ukrainadagi uruş boşlanganidan köp ötmay, ZAESni okkupatsiya qildi va uni “Rosenergoatom” boşqaruviga ötkazdi.

ZAESdagi barça reaktorlar töxtatilgan, ammo ular doimiy sovitişni talab qiladi. Sovitiş tizimi taşqi tarmoqdan keladigan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Agar elektr ta’minoti uzilib qolsa, dizel generatorlar işga tuşiriladi. Uruş davomida stansiya bir neça bor öqqa tutilgan, bu hujumlarda Rossiya ham, Ukraina ham bir-birini ayblab keladi.

ZAESni uruşdan keyin kim boşqarişi masalasi AQŞ vositaçiligida Ukrainada tinçlikka erişiş yöllari muhokamasida asosiy masalalardan biri hisoblanadi.