Ukrainadagi uruşni töxtatiş rejasida Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bölgan Zaporijjya AES (ZAES) uçun alohida maqom belgilab qöyiş lozim, dedi Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi seşanba, 25 noyabr kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida.
«U oxir-oqibat qaysi tomon nazoratida qolişidan qat’i nazar, baribir hamkorlik haqida bitim tuziş yoki hamkorlik muhitini yaratiş kerak böladi», — deya ta’kidladi Grossi. «Nihoyatda muhim narsa şundaki: agar daryoning narigi qirğoğida buni istamaydigan va buning oldini oliş çoralarini körişi mumkin bölgan boşqa davlat turar ekan, biror operator atom stansiyasidan foydalana olmaydi», — deb qöşimça qildi u.
Avvalroq OAVda e’lon qilingan, Ukraina böyiça AQŞ tomonidan taklif etilgan 28 bandli rejada ZAES haqida alohida paragraf bor edi. Unda stansiya AEXA nazorati ostida qayta işga tuşirilişi, u işlab çiqaradigan elektr energiyasi esa Rossiya va Ukraina örtasida teng bölib taqsimlanişi aytilgan.
Rasman bu reja e’lon qilinmagan. Sönggi kunlarda Ukraina, AQŞ va ğarb davlatlari rasmiylari hamda OAV reja qayta körib çiqilgani, undagi bandlar soni kamaytirilgani haqida bir neça bor xabar berdi. Hozirgi muzokaralarda ZAESning kelajagi muhokama etilayotgan-etilmayotgani noma’lum.
«(ZAESdan energiyani) taqsimlaş kerakmi-yöqmi — batafsil töxtalişni istamayman, çunki bu siyosat. Bu haqda Ukraina va Rossiya qandaydir bir paytda qaror qabul qiladi. Lekin bitta narsa aniq: bu holatda AEXA almaştirib bölmas ahamiyatga ega», — dedi bu borada Rafael Grossi.
Umumiy quvvati 6000 MVt bölgan oltita energiya blokidan iborat Zaporijjya AES 2022 yil mart oyida Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan. Hozirda barça reaktorlar töxtatilgan, ammo ular doimiy sovitişga muhtoj. Sovitiş tizimiga taşqi tarmoqdan elektr energiyasi beriladi. Agar elektr ta’minoti uzilib qolsa, dizel generatorlar orqali elektr ta’minotini saqlab turişga töğri keladi.
Zaporijjya AES suv sathi tuşib ketgan Kaxovka suv omborining janubiy sohilida joylaşgan. Bu qirğoqni Rossiya armiyasi nazorat qiladi. Şimoliy qirğoq esa Ukraina qöşinlari qölida. Tomonlar muntazam ravişda bir-birini stansiyani öqqa tutiş va elektr ta’minotini tösib qöyişda ayblamoqda.












