Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish ehtimolini baholadi
Qo‘shma Shtatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushda yadro qurolidan foydalanmoqchi ekani haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.
CNN telekanalining razvedkadagi manbalari Vashington ehtimoliy yadroviy zarba haqida hozircha hech qanday dalilga ega emasligini tasdiqlagan. Shu nuqtai nazardan, AQSh prezidenti Jo Baydenning ogohlantirishlari va uning yadro urushi ehtimoli yuqoriligi haqidagi bayonotlari Oq uy ma’muriyatida xavotir borligidan dalolat beradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden yadro qurolidan foydalanish butun dunyo uchun «Armageddon» (Injilda tilga olingan «Qiyomat oldidan ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang maydoni») bilan yakunlanishi mumkinligini aytgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, agar vaziyat «hozirgidek rivojlanishda davom etsa» bu voqea sodir bo‘lishi mumkin.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Rossiya yadroviy qurol ishlatgan taqdirda ko‘riladigan choralarni ishlab chiqmoqda. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning bunga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini hozircha sezmayapti.
Mavzuga oid
22:39
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26