11:49 / 10.10.2022
6925

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 925 nafar shaxs ishga tiklandi 

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 925 nafar shaxs ishga tiklandi, to‘lanmay qolgan 61 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutasaddilari ma’lum qildi.

MIB organlari tomonidan o‘tgan davrda jami 21,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 trln so‘m ko‘p). Davlat foydasiga 8,5 trln so‘m, tadbirkorlik va boshqa sub’yektlari foydasiga 6 trln so‘m, banklarga 5,8 trln so‘m va fuqarolar manfaatlari uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq undiruvlar bajarilgan.

Ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun joriy etilgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga 416,4 mlrd so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,1 mlrd so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1 trln so‘mdan ortiq aliment pullari undirilgan, shundan 9,2 mlrd so‘mlik 61 ta uy-joy va 636,6 mln so‘mlik 8 ta transport vositasi aliment oluvchilarga oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi.

20 mingga yaqin ishsiz aliment to‘lovchi ishga joylashtirilgan, 41 mingdan ortiq oilalarni yarashtirishga erishilgan.

Top