Jahon | 17:31 / 12.10.2022
11824
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan Yevropaga ketadigan neft o‘tkazgichida sizib chiqishi aniqlandi

Foto: Reuters

Rossiyadan Yevropaga neft eksport qilishga mo‘ljallangan «Do‘stlik» o‘tkazgichida neft sizib chiqish holati aniqlangan. Polshaning PERN operatori quvurli o‘tkazgichning g‘arbiy qismida sizib chiqish qayd etilganini aniqlagan. Polsha kompaniyasi avtomatlashtirilgan tizim Polots shahridan 70 km uzoqlikdagi quvurda sizish bo‘layotganini qayd etgan.

Sizib chiqish Rossiyadan Germaniyaga ketayotgan o‘tkazgichda qayd etilgan. Sizish qayd etilgan hududda neft haydash to‘xtatilgan, ikkinchi yo‘nalish esa o‘zgarishsiz ishlamoqda. Hodisa joyiga PERN operatori mutaxassislari va o‘t o‘chiruvchilar yo‘l olgan.

Rossiyaning «Trastneft» kompaniyasi ko‘ra, sizib chiqish Germaniya chegarasiga yaqin joyda qayd etilgan. Holatga qaramay, Polshaga neft yuborish davom etmoqda. PERN operatori ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyaga neft haydash texnik imkoniyat darajasida amalga oshirilmoqda. Germaniya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, «Do‘stlik» o‘tkazgichining asosiy yo‘nalishida neft yuborish bosimi kamaytirilgan.

Rossiyadan Yevropaga gaz eksport qilishga mo‘ljallangan «Shimoliy oqim» quvurlaridan katta miqdorda gaz sizib chiqqani bo‘yicha holat diversiya sifatida qayd etilgach, neft o‘tkazgichidagi sizish borasida ham shunday taxminlar bildirildi. Ammo Polsha hukumatining strategik energiya infratuzilmasi bo‘yicha mas’ul vakili Mateush Berger neft sizib chiqish holatini diversiya emas, shunchaki kutilmagan hodisa deb atagan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid