Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq yordamchisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning katta maslahatchisi Stiven Bennon Kongressga hurmatsizlik qilgani uchun to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Foto: Getty Images
Shuningdek, Bennon 6500 dollar miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
«Kongress kun tartibiga rioya qilmaslik qonun chiqaruvchi organga hurmatsizlikdan dalolat beradi. <…> Bennon Kongressga hurmatsizlik qilganlik uchun to‘rt oylik qamoq va 6500 dollar jarimaga tortildi», — deb hukmni e’lon qildi Kolumbiya okrugi sudyasi Karl Nikols.
Federal prokuratura Bennon uchun 6 oylik qamoq jazosi va 200 ming dollar miqdorida jarima so‘ragan edi.
Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, hukm ustidan 15 noyabrgacha shikoyat qilish mumkin. Agar Bennon bunday qilishni xohlamasa, o‘sha kuni Federal qamoqxonalar byurosiga borishi shart. Shundan so‘ng u jazoni o‘tash uchun qamoqxonaga yuboriladi.
Bennon advokatlari hukm ustidan apellyatsiya berilishini ma’lum qilishdi.
Tramp prezidentligi davrida Oq uyning siyosiy strategi (2017 yil 20 yanvardan 18 avgustgacha) bo‘lib ishlagan Bennon shu yilning iyul oyida AQSh Kongressiga hurmatsizlik qilgan deb topilgan edi.
U 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga hujum uyushtirilishi bilan bog‘liq Kongress surishtiruvlarida ko‘rsatma berishni va hujjatlarni taqdim qilishni istamadi. Qonun chiqaruvchi organ talablarini bajarmaslik Qo‘shma Shtatlarda jinoyat hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026