Jahon | 09:01 / 24.10.2022
2660
2 daqiqa o‘qiladi

Sloveniyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi

Saylov byulletenlarining 99 foizini qayta ishlagandan so‘ng, Sloveniya sobiq tashqi ishlar vaziri Anjye Logar prezidentlik saylovlarida 34 foizga yaqin, advokat Natasha Pirs-Musar deyarli 27 foiz ovoz oldi.

Foto: DW

Sloveniyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida byulletenlarning 99,93 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, respublika Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari, Sloveniya Demokratik partiyasidan deputat Anjye Logar yetakchilik qilmoqda. Bu haqda 23 oktyabr, yakshanba kuni mamlakat Davlat saylov komissiyasi saytida xabar berildi.

Logar 33,96 foiz ovoz to‘plamoqda. Ikkinchi o‘rinda partiyasiz nomzod, huquqshunos Natasha Pirs-Musar 26,87 foiz ovoz bilan, uchinchi o‘rinda Yevroparlament a’zosi, Sotsial-demokratlar va «Ozodlik» harakatidan nomzod Milan Brglez 15,41 ovoz to‘plagan holda bormoqda.

Saylovda yetti nafar nomzod ishtirok etdi. Hech bir nomzod yarmidan ko‘p ovoz ololmagani uchun 13 noyabr kuni eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod o‘rtasida ikkinchi tur o‘tkaziladi. Yangi davlat rahbari 23 dekabrda, Sloveniyaning amaldagi prezidenti Borut Pahorning besh yillik vakolati tugashi bilan o‘z lavozimiga kirishishi kerak. Sloveniya parlamentli respublika, shuning uchun mamlakat prezidentining funksiyalari cheklangan.

Robert Golob raisligidagi markaziy so‘l «Ozodlik» harakati joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 34,54 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan edi. Bosh vazir Yanez Yanshaning o‘ng markazchi Sloveniya Demokratik partiyasi 23,53 foiz ovoz olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid