Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi: Moskvaning «iflos» bomba haqidagi da’volari yolg‘on
Rossiya Ukrainadagi urushni kuchaytirish uchun uydirma bahonalar ishlatmasligi kerak, dedi Yyens Stoltenberg. U Moskvaning Ukraina «iflos bomba» ishlab chiqarayotgani haqidagi da’vosini yolg‘on, deya rad etdi.
Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga qarshi urushni yanada kuchaytirish uchun yolg‘on bahonalardan foydalanish borasida ogohlantirdi. «Rossiya vaziyatni yanada kuchaytirish uchun uydirma bahonalardan foydalanmasligi kerak. Ukraina o‘z hududida radioaktiv moddalar bo‘lgan «iflos bomba»ni qo‘llashni rejalashtirayotgani haqidagi iddaolar haqiqiy yolg‘ondir», - dedi Stoltenberg O‘rta Yer dengizida Amerikaning USS George H.W.Bush aviatashuvchi kemasiga tashrifi chog‘ida.
«Rossiya ko‘pincha o‘zi rejalashtirgan ishlarda boshqalarni ayblaydi», dedi NATO bosh kotibi va jahon hamjamiyati sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini qo‘shimcha qildi. Avvalroq Moskva Ukraina Rossiyani obro‘sizlantirish maqsadida radioaktiv «iflos bomba»dan foydalanishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
USS George H.W.Bush aviatashuvchi kemasi hozirda NATO mamlakatlari va ittifoqdoshlaridan 80 dan ortiq samolyot, 14 ta kema va 6000 ga yaqin askarni o‘z ichiga olgan Neptune Strike 2022 NATO mashg‘ulotlariga boshchilik qilmoqda. Mashg‘ulotlarda NATOning yevroatlantika hududida tiyib turish va himoya qilish qobiliyati sinovdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:30 / 07.02.2026
Germaniyada Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirishi ssenariyci modellashtirildi
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
20:55 / 29.01.2026