17:04 / 28.10.2022
6547

Norvegiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Norvegiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, yana 30 nafar shaxs va yettita tashkilotni ro‘yxatga kiritdi, deya xabar beradi Norvegiya hukumati matbuot xizmati. 

Foto: Picture Alliance

«Norvegiya mamlakat hukumati va uning tarafdorlariga bosimni saqlab qolish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida yana YeIni qo‘llab-quvvatlaydi. Kengaytirilgan sanksiyalar Rossiyaning shafqatsiz urushi va Ukraina viloyatlarining noqonuniy annexia qilinishiga zaruriy javobdir», - deyiladi Norvegiya tashqi ishlar vaziri Anniken Huitfeldtning xabarida

Xususan, ishg‘ol qilingan hududlardagi Luhansk, Donetsk, Zaporijjya va Xerson viloyatlarida «referendumlar» tashkilotchilari cheklovlar ostida qoldi.

Bundan oldin 23 davlat Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etish uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga ariza topshirgandi. 

Ukraina hukumati Rossiyani harbiy tajovuz munosabati bilan inson huquqlarini ommaviy va qo‘pol ravishda buzganlikda ayblayapti.

Sud jarayonida ishtirok etishga tayyor 23 hukumat orasida Bolgariya, Gretsiya, Malta, Vengriya va Kiprdan tashqari Yevropa ittifoqi barcha davlatlari bor. Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar Norvegiya tomonidan taqdim etiladi. 

Bundan tashqari, Jyeneva Xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari akademiyasi nohukumat tashkilot sifatida akkreditatsiyadan o‘tishga intilmoqda. 

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiya va Buyuk Britaniya ariza berishni ko‘rib chiqmoqda. Ishtirokchi davlatlar yoki ariza beruvchi bo‘lmagan va protsessda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar yozma mulohazalar taqdim etishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top