O‘zbekiston | 11:46 / 29.10.2022
3978
3 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarni ish bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tomorqa yer uchastkalarida fuqarolarni kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi:

tadbirkorlik sub’yekti tomorqa yer uchastkalarida fuqarolarni kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilish maqsadida subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘z yashash joyidagi hokim yordamchisiga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilish tartibi;

tomorqa yer uchastkalarida fuqarolarni kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga:

  • parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
  • uzum ko‘chati va tok so‘risi;
  • asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
  • quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
  • baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi;
  • subsidiya ajratilgan tadbirkorlik sub’yektlarini hokim yordamchilari tomonidan monitoring qilish tartibi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlariga yollagan har bir xodimlari uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari hamda shaxsiy himoya va gigiyena vositalarini sotib olishga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi:

  • umumiy qurilish ishlarini bajarishga tadbirkorlik sub’yektiga mehnat qurollari hamda shaxsiy himoya va gigiyena vositalarini sotib olish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibi;
  • subsidiya ajratilgan tadbirkorlik sub’yektlarini tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan monitoring qilish tartibi.

Bandlik vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan subsidiyalar maqsadli va samarali ishlatilishini muntazam monitoring qilish maqsadida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan band bo‘lmagan aholiga ajratilayotgan subsidiyalarni taraflar mas’uliyatini belgilovchi ijtimoiy shartnoma tuzish amaliyotini respublika barcha hududlarida joriy etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid