Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekgidroenergo” AJ mazkur yirik strategik obektni qurish loyihasini boshqarish uchun PMC (Project Management Contractor) pudratchi yollashga tender savdolarini e’lon qiladi
Foto: O‘zbekgidroenergo
Markaziy Osiyoda ilk bor bunyod etilayotgan balandligi 195 metr bo‘lgan temir-beton ekranli Pskem GES to‘g‘oni qurilishida ilg‘or jahon tajribasini qo‘llashga kirishildi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ mazkur yirik strategik obektni qurish loyihasini boshqarish uchun PMC (Project Management Contractor) pudratchi yollashga tender savdolarini e’lon qiladi.
MDH davlatlarida yangilik hisoblangan RMS pudratchidan foydalanish tajribasi ilg‘or G‘arb davlatlarida qariyb 30 yildan buyon qo‘llanib kelinmoqda.
RMS pudratchi to‘g‘on qurilishi kontrakti ustidan texnik-texnologik, moliyaviy, ekologik jihatidan nazorat o‘rnatib, gidrotexnik inshootlarning va konstruksiyalar xavfsizligi va ishonchliligini, qurilishining yuqori sifatini kafolatlaydi.
Tender savdolarida ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2022 yilning 2 dekabriga qadar https://xt-xarid.uz/procedure/580827/core elektron manziliga joylashtirilgan hujjatlar bilan tanishish va o‘z takliflarini kiritish imkoniyatiga egalar.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:16 / 31.12.2025
«O‘zbekgidroenergo» AJga Sanginovning o‘g‘li yangi rahbar bo‘ldi
10:30 / 24.04.2025
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
13:38 / 28.03.2025
“Mulalak” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”
10:00 / 31.01.2025