Özbekistonda yangi taşkil etilayotgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinçi uçta samolyoti 2022 yil oxirigaça olib kelinadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Bu kompaniya parvozlari nafaqat Toşkentni, balki viloyat markazlarini ham bir-biri bilan boğlaydi. Imzolangan hujjat doirasida mazkur parvozlar yölga qöyilişi böyiça dastur ham tasdiqlandi. Bu aviakompaniya parvozlarini amalga oşiruvçi 3 ta samolyot şu yilning söngigaça olib kelinadi va aviaqatnovlari yölga qöyiladi”, – dedi vazir.

21 oktyabr kuni Samarqandda Silk Avia kompaniyasining taqdimoti ötkazildi. Taqdimotda yangi aviakompaniyaning atlas mato asos qilib olingan livreyasi namoyiş etildi.

Foto: Silk Avia

MÇJ şaklidagi kompaniya ta’sisçisi – “Uzbekistan Airports”. Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Silk Avia reyslari (Özbekiston içidagi parvozlar) uçun çiptalar narxi 180 ming sömdan 335 ming sömgaça bölişi belgilanmoqda. Bu möljal qilinayotgan narxlar bölib, hali rasman tasdiqlanmagan.

Aviakompaniyada uçta asosiy tarif işlab çiqilgan:

  • “Oson” tarifi – çipta narxi 180 ming sömdan boşlanadi. Çiptalarni qaytarib bölmaydi, qöl yuki – 5 kg, qöşimça yuk uçun alohida haq tölanadi.
  • “Oddiy” tarifi – çipta narxi 270 ming sömdan boşlanadi. Çiptalarni qaytarib bölmaydi, qöl yuki – 5 kg, bagaj – 10 kg.
  • “Omad” tarifi – çipta narxi 335 ming sömdan boşlanadi. Çiptani qaytariş mumkin, qöl yuki – 5 kg, bagaj – 15 kg.
  • Birinçi ikkita tarifda ortiqça yuk uçun qöşimça tölov 1 kg uçun 30 ming sömni taşkil qiladi. Qayd etilişiça, mazkur narxlar taxminiy hisoblanib, aviakompaniya işga tuşganidan keyin özgarişi mumkin.