Mahalliy va xorijiy talabgorlardan tijorat takliflarini joriy yil 17 sentabr kuni soat 18:00 (Toşkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etiş söralmoqda.
Qayd etilişiça, Özbekiston fuqaro aviatsiyasi tarmoğida aktivlarni xususiylaştiriş quyidagi maqsadlarga erişişga qaratilgan:
- tarmoqda raqobatni rivojlantiriş va unda davlat iştirokini qisqartiriş;
- tabiiy, moliyaviy, texnik va mehnat resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş;
- tarmoqni rivojlantiriş uçun xususiy investitsiyalarni jalb qiliş hajmini köpaytiriş.
Kompaniya “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi xizmat körsatiş belgisi va savdo belgisining mutlaq huquqiy vorisi hisoblanadi.
Uzbekistan Airways – Özbekiston aviatsiyasi va xalqaro qoidalar nizomiga muvofiq yölovçilarni va har qanday turdagi poçtalarni havo kemalari orqali taşiş böyiça xizmatlarni taqdim etadi.
Uzbekistan Airways 50 dan ortiq yönalişlarda, Yevropa, Osiyo va Şimoliy Amerika mamlakatlariga muntazam reyslarni amalga oşiradi. Aviakompaniya vakolatxonalari 20 dan ortiq şaharda faoliyat körsatadi.
Kompaniya asosiy faoliyatidan taşqari, Uzbekistan airways'ga tegişli "Uzbekistan Airways Technics" MÇJ (havo kemalariga texnik xizmat körsatiş), "Uzbekistan Helicopters" MÇJ (maxsus aviatsiya), "Öquv-mashgulot markazi" MÇJ (ta’lim faoliyati) va "Ketring" MÇJ (bort uçun oziq-ovqatlar yetkaziş) kabi tarkibiy korxonalari mavjud.
2021 yil yakuniga köra kompaniya 6,3 trln söm miqdoridagi sof tuşumga, 53,7 mlrd söm miqdoridagi sof foydaga, 4,2 trln söm miqdoridagi ustav kapitaliga ega. Kompaniyaning markaziy ofisi Toşkent şahar, Mirobod tumani, Amir Temur köçasida joylaşgan.

















