Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovga köra, yaraşganligi munosabati bilan şaxsni ma’muriy javobgarlikdan ozod qiliş asoslari Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 21-2-moddasida körsatilgan. Uşbu moddada 12 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan şaxs öz aybiga iqror bölsa, jabrlanuvçi bilan yaraşsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, sud uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilib, işni tugatişi mumkinligi belgilangan.

Uşbu norma Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning:

  • 40-moddasida — tuhmat;
  • 41-moddasida — haqorat qiliş;
  • 45-moddasida — fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş;
  • 46-moddasida — fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma’lumotlarni oşkor etiş;
  • 46-1-moddasida — şaxsiy hayot daxlsizligini buziş;
  • 52-moddasida — yengil tan jarohati yetkaziş;
  • 61-2-moddasida — mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş;
  • 104-moddasida — ekinzorlarni payhon qiliş, qişloq xöjaligi ekinlarining dalada töplab qöyilgan hosiliga zarar yetkaziş yoki uni yöq qilib yuboriş, köçatlarga şikast yetkaziş;
  • 133-moddasida — transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi;
  • 134-moddasida — haydovçilarning yöl harakati qoidalarini buzişi transport vositalarining yoki boşqa mol-mulkning şikastlanişiga olib kelişi;
  • 183-moddasida — mayda bezorilik;
  • 200-moddasida nazarda tutilgan özboşimçalik kabi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid işlar böyiça yaraşuv şartlari bajarilgan hollarda tatbiq etilişi mumkin.
Aziz Obidov Foto: AOKA

“Eslatiş joizki, uşbu huquqbuzarlikni bir yil içida takroran sodir etgan şaxs tomonlarning yaraşganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Ilgari birinçi marta huquqbuzarlik sodir etgan şaxs öz vaqtida jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplagan, qilmişidan çin köngildan puşaymon bölgan hamda jabrlanuvçi bilan yaraşgan taqdirda ham ma’muriy javobgarlikdan ozod qiliş tartibi qonunçilikda mavjud emas edi.