O‘zbekiston | 10:34 / 01.11.2022
3824
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Sirdaryoda «aqlli» issiqxona quradi

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Janubiy Koreyaning Hanjin agriculture and industry Co.LTD kompaniyasi rahbari Ju Syon Gu boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Kun.uz

Koreyaliklarga viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdim qilindi

Uchrashuvda Hanjin agriculture and industry Co.LTD kompaniyasi rahbari Guliston tumanida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida loyiha qiymati 10 million AQSh dollariga teng “aqlli” issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. 

Tomonlar ushbu masala yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid