Germaniya kansleri Olaf Şols va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan telefon orqali suhbat çoğida Rossiyaning yadroviy ritorikasini qoraladi. Ikki davlat rahbarlari örtasidagi suhbat 1 noyabr, seşanba kuni bölib ötdi, dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Şteffen Xebstreyt. «Germaniya kansleri va Turkiya prezidenti Rossiyaning yadroviy ritorikasi - mas’uliyatsizlik degan fikrga kelişdi», — dedi Xebstreyt. 

Şols Rossiyaning Ukraina «iflos bomba» deb atalgan narsadan foydalanişga tayyorlanayotgani haqidagi da’volarini qat’iyan rad etdi. 

Bundan taşqari, tomonlar öz suhbatida «ğalla bitimi»ga ham töxtalib ötişdi. Germaniya kansleri Turkiyaning kelişuv doirasida Ukraina ğallasining kelgusida eksport qilinişini ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. 

Germaniya hukumati rahbari bir kun avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbatda Rossiyaning Kiyev «iflos bomba»dan foydalanişga tayyorgarlik körayotgani borasidagi ayblovi asossiz, degan fikrni bildirdi. Bundan taşqari, Şols Rossiya qöşinlari tomonidan Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasini nişonga oliş davom etayotganini qoraladi. 

Rossiyaning Kiyevni «iflos bomba işlatişga tayyorlanayotgani» haqidagi ayblovlaridan söng, 31 oktyabr kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Ukraina hukumati iltimosiga köra, Ukrainadagi ikkita yadroviy inşootni tekşirişni boşladi. Ular şu hafta oxirigaça tekşiruv böyiça dastlabki hisobotni çop etişga va’da berişdi. 

Ayni paytda, sönggi bir neça hafta içida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boşqa rossiyalik rasmiylar Moskva özining yadroviy doktrinasida nazarda tutilgan vaziyatlarda yadro qurolidan foydalanişi mumkinligini bir neça bor ta’kidlagan. Uşbu hujjatda aytilişiça, Rossiya öziga yoki ittifoqdoşlariga yadro quroli yoki boşqa ommaviy qirğin qurollari yordamida hujumga javoban yoki oddiy qurollar bilan tajovuz qilingan taqdirda, agar «davlatning mavjudligi xavf ostida bölsa, yadroviy quroldan foydalanişi mumkin».

Oktabr oxirida Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi majlisida Ukraina göyoki «iflos bomba»ni portlatişni rejalaştirayotgani va buning uçun Rossiyani ayblaşini aytdi. «Ular uni «Toçka-U»ga yoki boşqa joyga yuklab, bu qurilmani qayerdadir portlatadi, keyin esa Rossiya buni qildi - yadroviy zarba berdi, deyişadi. Lekin biz buni qilişimiz şart emas. Bizda bu na siyosiy, na harbiy jihatdan kerak emas», dedi u. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Jo Bayden Putinning sözlariga şubha bilan qaradi va uning yondaşuvini «juda xavfli» deb atadi.