Ukrainadagi uruş “muzlatilgan mojaro”ga aylanmasligi kerak. Germaniya kansleri Olaf Şols 26 may, juma kuni Tallinga taşrifi çoğida bunga işonç bildirdi. U Estoniya boş vaziri Kaya Kallas, Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş va Litva boş vaziri Ingrida Şimonite bilan birgalikda matbuot anjumanida qatnaşdi.

Şols uçun bu - Germaniya kansleri sifatida Estoniyaga birinçi taşrifi. Kallasga murojaat qilib, u zamonaviy Germaniya va Estoniya hududidagi şaharlarni öz içiga olgan ötmişdagi Ganza ittifoqini esladi.

Şolsning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga hujum uyuştirib, “Yevropani bölmoqçi” bölgan, biroq hisob-kitoblarida xatoga yöl qöygan va “birligimizni mustahkamlagan”. U NATOni zaiflaştirmoqçi böldi, biroq “teskarisiga erişdi”, deya qöşimça qildi Germaniya kansleri. Jurnalistlar bilan suhbatda Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Ğarbning Rossiyaga qarşi sanksiyalarini yanada kuçaytirişga va ularni çetlab ötişga urinişlarga qarşi kuraşga va’da berdi.

Germaniya kansleri, şuningdek, Germaniyaning Boltiqböyi NATO hamkorlarini hujum sodir bölgan taqdirda himoya qilişga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. “Bu yerda, Boltiqböyida, NATOning şarqiy qanotida xavfsizlik bilan boğliq vaziyat oğirligiça qolmoqda”, dedi u. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarining ta’kidlaşiça, nemis jangovar brigadasining qismlari yaqin haftalarda maşğulotlar uçun yana Litvaga yuboriladi. "Biz NATO hududining har bir kvadrat santimetrini hujumdan himoya qilişga tayyormiz", - dedi Şols ötgan yili bergan va’dasini eslatib.