Germaniya hukumati rahbari payshanba kuni kechqurun Moldovada bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining (YeSH) sammitidan so‘ng Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga tezda qo‘shilishi kafolatlanmaganini tushuntirdi.
"Kirishning juda aniq mezonlari bor", dedi Shols. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, xususan, nomzod mamlakatda chegara mojarolarining yo‘qligini ham o‘z ichiga oladi.
Urush tugaganidan keyin Ukraina uchun boshqa xavfsizlik kafolatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Germaniya kansleri Ukraina hujum tahdididan himoyalanib, ayni paytda barqaror bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, xavfsizlik kafolatlarini nafaqat Ukraina, balki hamma ham jiddiy qabul qilishi kerak, dedi u.









