Germaniyada «begona» mashina Sholsning kortejiga suqilib kirib, aerodromga birga borgani aniqlandi
Shaxsiy mashinada bo‘lgan erkak Olaf Shols kortejiga suqilib kirgan va u bilan birga aerodrom tomon yo‘l olgan. Mutaxassislar maxsus xizmatlarning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatsizligi haqida gapiryapti.

Foto: AP
Frankfurt-Mayn aeroporti yaqinida shaxsiy avtomobil haydovchisi Germaniya hukumati rahbari Olaf Sholsning korteji orasiga suqilib kirdi, aeroportda esa uning haydovchisi kanslerning oldiga yaqinlashgan va uni quchoqlab olgan. Bu haqda 26 may, juma kuni Bild gazetasi xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, nemis ekspertlari bu voqeani kansler tansoqchilarining misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatsizligi sifatida baholamoqda.
Hodisa 24 may kuni Shols Frankfurt-Mayndagi Yevropa markaziy bankiga tashrif buyurib, Berlinga qaytayotganida yuz bergan. Markasi haqida ma’lumot berilmagan avtomobil kansler kortejiga tiqilib, aeroportga yo‘l olgan va ushbu mashinalar tarkibida tegishli ruxsatnomalar yo‘qligiga qaramay, to‘siqlardan o‘tib ketgan. Kortej aerodromda to‘xtagach, haydovchi mashinadan tushib, Sholsning oldiga yugurib kelib, qo‘lini silkitgan va uni quchoqlab olgan. Kansler bunga qarshilik qilmadi, deb ta’kidlaydi gazeta.
«Olaf Shols bu alohida vaziyatni jiddiy hodisa deb hisoblamadi. Ammo endi o‘shanda nimalar sodir bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilsa bo‘ladi», - deya federal kansler idorasining ismini oshkor etmagan xodimidan iqtibos keltirgan Bild. «Bu voqea hudud politsiyasi, federal jinoiy idora, shuningdek, aeroport xodimlari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi kerak. Bu muvaffaqiyatsizlikni tushuntirishning iloji yo‘q. Yaxshiyam, hech narsa sodir bo‘lmadi», - deya GSG-9 Germaniya federal politsiyasi maxsus kuchlari bo‘limining sobiq xodimi gazetaga ma’lum qildi.
Mavzuga oid

18:50 / 18.12.2023
Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSh prezidenti jabrlanmadi

07:46 / 02.06.2023
Kansler Shols Ukrainaning yaqin orada NATOga kirishiga ishonmayapti

08:16 / 27.05.2023
Shols: NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga tayyormiz

13:54 / 26.05.2023