Jahon | 08:46 / 07.11.2022
4268
2 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi: Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish xavfi past

Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi past. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning NTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

Biroq, Moskvaning bunday harakatining oqibatlari «katta bo‘ladi», shuning uchun Shimoliy Atlantika alyansi buni juda jiddiy qabul qiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. 

Rossiya «mas’uliyatsiz va o‘ylamasdan» harakat qilmoqda, deb ta’kidlab o‘tdi Yyens Stoltenterg.

Bundan oldin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida XXR raisi Si Jinping yadro qurolidan foydalanish va qo‘llash bilan tahdid qilishdan tiyilishga chaqirgandi. 

«Jahon hamjamiyati Yevrosiyoda yadro qurolidan foydalanish va yadro urushlari olib borish mumkin emasligi haqida qayg‘urishi kerak», — dedi u Pekinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar chog‘ida.

«Yevrosiyoda yadroviy inqirozning oldini olish kerak. Mojaro tomonlari ehtiyotkorlik, vazminlik ko‘rsatishi va muzokaralarni qayta boshlash uchun sharoit yaratishi lozim. Jahon hamjamiyati Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishi kerak. Shu bilan birga, vaqt o‘tishi bilan yadro qurolidan foydalanish yoki undan foydalanish tahdidi rad etilishi shart», - deya Si Jinping so‘zlarini keltiradi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid