Jahon | 16:13 / 09.11.2022
14492
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatida bir nechta ko‘priklarni portlatib yubordi

Foto: Picture Alliance

Xerson viloyatida Ingulets daryosi bo‘ylab o‘tgan Darevskiy ko‘prigi portlatib yuborildi, u Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Xerson va Nova Kaxovka o‘rtasida aloqa yo‘li bo‘lib xizmat qilayotgandi

Mahalliy Telegram kanallar xabariga ko‘ra, ko‘prik Rossiya qo‘shinlari tomonidan portlatilgan. 

Bundan tashqari, Xersonni o‘rab turgan boshqa bir qator o‘tish joylari - Ukraina Qurolli kuchlari ilgari harakat qila boshlagan Snigirevkaga kiraverishdagi Tyaginskiy piyodalar ko‘prigi va Novovasilevskiy ko‘prigi portlatilgani haqida xabar berilgan.

Avvalroq Xerson va viloyatdagi yana bir qancha aholi punktlari elektr energiyasiz qolgandi. Bu haqda Xerson viloyati kengashi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiy ma’lum qildi. 

«Mintaqani egallab olgan Rossiya kuchlari «terrorchilik harakati haqida allaqachon xabar berishgan». Biroq ular terrorchilik harakati ular tomonidan sodir etilganiga aniqlik kiritishmagan. Guvohlarning so‘zlari buni tasdiqlaydi», - deya ta’kidladi Sobolevskiy.

Undan oldin viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevich Xerson viloyatidagi rus qo‘shinlari Xersondan chekinish chog‘ida Dnipro va uning irmoqlaridagi suvni ifloslantirib, ekologik falokat keltirib chiqarishga urinayotganini bildirgandi.

Mavzuga oid