Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xersonda qo‘shinlarni olib chiqish boshlanganini e’lon qildi
Foto: Reuters
Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondagi rus qo‘shinlarini Dniproning chap qirg‘og‘iga olib chiqish boshlanganini e’lon qildi.
«Rossiya qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilgan holda Dnipro daryosining chap qirg‘og‘ida tayyorlangan pozitsiyalarga qaytib, manyovr qilmoqda», dedi vazirlik matbuot kotibi Igor Konashenkov kundalik brifingda.
Avvalroq Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Aleksey Arestovich Xersonni to‘liq ozod qilish uchun ukrainalik harbiylarga besh kundan uch haftagacha vaqt kerak bo‘lishini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muddatlar ko‘plab omillarga, jumladan, «Rossiya qo‘mondonligining rejalariga» bog‘liq.
Uning fikricha, aniq aytish mumkin bo‘lgan yagona narsa: Xerson yaqin kelajakda ozod qilinadi.
Mavzuga oid
10:56 / 02.01.2026
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025