Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyadan Ukraina uchun snaryadlar sotib olmoqchi
Janubiy Koreya AQSh bilan Ukraina armiyasini jihozlash uchun Vashingtonga 150 ming dona 150 millimetr kalibrga ega snaryadlar sotish bo‘yicha maxfiy bitim tuzdi, deb yozadi The Wall Street Journal nomi oshkor etilmagan AQSh rasmiysiga tayanib.
Xabarda qayd etilishicha, Ukraina artilleriyasining ushbu arsenali kamida bir necha hafta davomida Rossiya qo‘shinlariga qarshi mudofaa qobiliyati uchun yetarli bo‘ladi.
Seuldagi Mudofaa vazirligi Janubiy Koreya kompaniyalari «AQShda 150 millimetr kalibrga ega snaryadlar taqchilligini bartaraf etish» maqsadida Qo‘shma Shtatlar bilan o‘q-dorilarni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi AQSh o‘q-dorilarning «oxirgi foydalanuvchisi» bo‘lishi sharti bilan muzokaralar olib borilayotganiga ishora qildi.
Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli va kuchli qurollar yetkazib berishdan bosh tortmoqda va bu pozitsiyada hech narsa o‘zgarmadi, deya ta’kidladi vazirlik.
Bundan oldin Pentagon Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgandi.
Yangi paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi: HAWK havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar; to‘rtta Avenger zenit-raketa kompleksi va Stinger raketalari; HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun raketalar; 21 mingta 155 millimetrli artilleriya snaryadlari; 500 ta yuqori aniqlikdagi 155 millimetrli snaryadlar; 10 mingta 120 millimetrli minomyot minalari; 100 ta HMMWV ("Xamvi") harbiy yo‘ltanlamaslar; 400 ta granata otish moslamalari; o‘qotar qurollar, optika va uning uchun 20 milliondan ortiq patronlar; muhandislik uskunalari; qishki sharoit uchun armiya jihozlari.
Pentagon ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga «shafqatsiz» zarbalari qarshisida havo mudofaasi ayniqsa muhim. HAWK raketalari uni kuchaytirishga qaratilgan - ular Ukrainaga Ispaniya tomonidan taqdim etilgan tegishli uchirish qurilmalarini to‘ldiradi. Bundan tashqari, Ukraina havo mudofaasi Avenger zenit-raketa kompleksi bilan mustahkamlanadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026