Jahon | 20:57 / 14.11.2022
13790
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Rossiya razvedka rahbarlari Turkiyada uchrashdi 

Asosiy mavzulardan biri - Rossiyaning Ukrainada yadro qurolini ishlatish oqibatlaridan ogohlantirish. 

Sergey Narishkin va Uilyam Byorns

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns Rossiya razvedkasi rahbari Sergey Narishkin bilan Turkiyada uchrashdi. 

«Amerika Ovozi» jurnalisti Ostap Yarish so‘zlariga ko‘ra, ma’lumot Oq uy tomonidan rasman tasdiqlandi. 

Uchrashuvda Vashington, xususan, Rossiyani Ukrainada yadro qurolidan foydalanish oqibatlaridan ogohlantirdi. 

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda urushni hal qilish masalasi muhokama etilmagan. 

21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlikni e’lon etish bilan birga G‘arbga yadroviy qurol bilan tahdid qilgan edi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar, agar Putin shunday qarorga kelsa, «halokatli oqibatlar» bilan tahdid qildi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid