Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xersondan ishlagan bir qator jurnalistlar akkreditatsiyadan mahrum qilindi
Ukraina harbiy ma’muriyatining ta’kidlashicha, egallab olingan Xersondan ruxsatsiz material tayyorlagan jurnalistlar Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi buyruqlarini qo‘pol ravishda buzgan. Bir qancha OAV vakillarining akkreditatsiyasi bekor qilindi.
Ukraina hukumati bir qator G‘arb jurnalistlarining Xersondan tayyorlagan reportajlari uchun akkreditatsiyasini bekor qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining 13 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, akkreditatsiya «Xerson shahrida barqarorlashtirish chora-tadbirlari tugallanmay turib ham axborot faoliyatini olib borgan» ayrim ommaviy axborot vositalari vakillaridan olib qo‘yilgan. Ular Ukraina harbiylari bilan kelishuvsiz ishlagani aytiladi.
Bosh shtab bunday harakatlarni harbiy qo‘mondonlik buyruqlarini qo‘pol ravishda buzish, deb atadi.
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi qaysi jurnalistlarning akkreditatsiyasi bekor qilingani, ularning press-kartalari esa haqiqiy emas deb topilganiga aniqlik kiritmadi. Ukrainaning «Detektor media» nashri xabardor manbalarga tayangan holda ma’lum qilishicha, kamida olti nafar jurnalist, jumladan CNN va Sky News vakillari, shuningdek, «Gromadske» telekanali jurnalistlari Anastasiya Stanko va Mikola Pastiko ishlash uchun ruxsatnomalarini yo‘qotgan.
Ulardan tashqari, Ukrainaning «Suspilne» va «Rada» telekanallari muxbirlari Xersondan syujyetlar tayyorlab kelishgan, deb yozadi nashr.
Ukraina 11 noyabr, juma kuni Xerson ustidan nazoratni qaytarib olganini e’lon qildi. Shahar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining dastlabki kunlaridan beri okkupatsiya ostida edi – Kiyev mart oyi boshida u ustidan nazoratni qo‘ldan chiqardi.
Mavzuga oid
09:06 / 02.03.2026
Rossiya Xersonni o‘qqa tutdi: halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor
10:56 / 02.01.2026
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
12:27 / 01.09.2025