O‘zbekiston | 09:42 / 17.11.2022
6507
4 daqiqa o‘qiladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qator maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi. 

Foto: Shutterstock

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, ular quyidagicha:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – 9 mln so‘mgacha miqdorida;
  • sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – 900 ming so‘mgacha miqdorida;
  • ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ular bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslar aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun – 600 ming so‘mgacha miqdorda bir martalik;
  • tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshoot ijara to‘lovini to‘lash uchun – 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • hunarmandlar “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun – a’zolik badali miqdorida;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik;
  • “usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida har oyda 600 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari 50 foizi, biroq 7,5 mln so‘mdan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar