Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Germaniyadagi harbiy kontingentini kuchaytiradi
Kelgusi o‘n yil ichida Qo‘shma Shtatlar Ansbaxdagi Amerika garnizoniga taxminan 1,6 milliard dollar sarmoya kiritadi va u yerda yana 500 nafar askarni joylashtiradi, deb xabar qildi Bavariya davlat kanselyariyasi.
Bavariya hukumatiga ko‘ra, AQSh armiyasi Ansbaxda o‘z ishtirokini kengaytirmoqda. Amerikaning shahardagi bazasida doimiy ravishda yana 500 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, ularning oila a’zolari – jami 1000 dan ortiq kishi joylashadi, dedi hudud bo‘yicha bosh vazir idorasi (davlat kanselyariyasi) 16 noyabr, chorshanba kuni. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar 2032 yilgacha Illesxaymdagi bazani o‘z ichiga olgan Ansbaxdagi Amerika garnizoniga taxminan 1,6 milliard dollar (1,5 milliard yevro) sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deyiladi bayonotda.
Davlat kanselyariyasi rahbari Florian Hermann bu niyatlarni olqishladi. «Bavariya AQSh armiyasining faxrli hamkori», dedi u. Hermann AQSh prezidenti Jo Bayden Madriddagi NATO sammitida Yevropaga ko‘proq AQSh qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risida e’lon qilganidan keyin tez harakat qilganini transatlantik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik uchun «qimmatli signal» deb atadi.
«AQSh o‘z qo‘shinlarining mavjudligini ko‘paytirayotgani va biz birgalikda NATOning sharqiy qanotiga kuch va birlik signalini yuborayotganimiz Germaniya va Yevropaning xavfsizlik arxitekturasi uchun juda muhim», dedi Bavariya hukumati vakili.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026